Turkiyaning IC İçtaş İnşaat kompaniyasi O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu borada Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Loyihani 2027−2030-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdan Samarqand va Andijongacha bo‘lgan pulli avtomobil yo‘llari loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, bunday yo‘llarni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda qurish zarurligini ta’kidladi. Muqobil bepul yo‘lning ham mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li qurilishi vaqti 6 yil 3 oyni tashkil etishini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi (jami uzunligi 33 km, eng uzuni 6,8 km). Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda boshlanadi. Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish esa 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.
Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini iyun oxirigacha tugatish reja qilinmoqda. U, shuningdek, trans-afg‘on temiryo‘li va boshqa loyihalar haqida ham gapirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting